KO‘JCH. "Real" ilk turda "Al-Hilol" bilan durang o‘ynadi. Valverde o‘yin so‘nggida penaltidan foydalana olmadi

  • Mr.NoBoDy 19.06.2025 02:22
  • 45
  • 30

"Real" Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichi 1-turida "Al-Hilol" bilan durang o‘ynadi - 1:1.

Uchrashuvning 34-daqiqasida "qaymoqranglilar" forvardi Gonsalo Garsiya hisobni ochdi. Saudiyaliklar 7 daqiqadan so‘ng javob golini kiritishdi, penaltini Ruben Nevesh aniq amalga oshirdi.

Yakunda "Real"ga g‘alabani Federiko Valverde olib kelishi mumkin edi, ammo u penaltini aniq amalga oshira olmadi - urugvaylik futbolchining zarbasini "Al-Hilol" darvozaboni Yassin Bunu qaytardi.

"Real" jamoaning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso qo‘l ostida ilk o‘yinini o‘tkazdi. Shuningdek, himoyachilar Din Xeysen va Trent Aleksandr-Arnold ham jamoa safida debyut qilishdi.

Klublar o‘rtasidagi JCH-2025ning navbatdagi o‘yinida madridliklar Meksikaning "Pachuka" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. "Al-Hilol" 23 iyun kuni Avstriyaning "Zalsburg" klubiga qarshi maydonga tushadi.

Ўхшаш янгиликлар