Breaking! O'rinboev faoliyatini Belgiyada davom ettiradi

  • Mr.NoBoDy 19.06.2025 17:24
  • 63
  • 30

Bir muddat "Brentford B" jamoasida harakat qilgan vinger Evropaga yo'l olmoqda.

Championat.asia malumotlariga ko'ra, "Paxtakor" futbolchisi Muhammadali O'rinboev Belgiyaning "Antverpen" jamoasi safiga qo'shilmoqda.

20 yoshli O'rinboev joriy mavsum "sherlar" safida 14 o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.

"Antverpen" Belgiyaning 5 karra chempioni bo'lib, mashhur himoyachi Tobi Alderveyreld mazkur jamoa sardori hisoblanadi.

Ўхшаш янгиликлар