Bu haqda jurnalist Ertan Syuzgyun xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "Istanbul Bashakshehir" Fayzullaev transferi bo'yicha Moskva klubiga rasmiy taklif bilan chiqqan.
21 yoshli Fayzullaev o'tgan mavsum CSKA tarkibida 39 o'yinda qatnashib, 3 ta gol urgan va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgandi. Transfermarkt portali uni 8 million evroga baholagan.
Avvalroq "Istanbul Bashakshehir" "Roma" bilan O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov bo'yicha muzokara olib borayotgan edi.