APL "Manchester Siti"ni jazoladi

  • Mr.NoBoDy 19.06.2025 21:24
  • 75
  • 30

APL "Manchester Siti"ga jazo berdi.

2024/25 yilgi mavsumda "shaharliklar" 9 o'yinda birinchi yoki ikkinchi bo'lim boshlanishiga protokolga mos ravishda chiqmagan. Ushbu 9 holatda jamoa ikkinchi bo'limga o'z vaqtida chiqib kelmagan. Dekabr oyida "Manchester Yunayted"ga qarshi derbida jamoa birinchi bo'lim boshiga chiqishda kechikkan.

"Manchester Siti" umumiy hisobda 1,08 million funt (1,26 mln evro) jarimaga tortilgan. Eslatib o'tammiz, APLning yakunlangan mavsumini "Siti" 3-o'rinda tugatdi.

Ўхшаш янгиликлар