Superliga. "Andijon" - "Qizilqum" 1:1 (matnli translyaciya)

  • Mr.NoBoDy 19.06.2025 21:48
  • 60
  • 30

Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Qizilqum" uchrashuvi boshlanish arafasida.

"Andijon" – "Qizilqum" 1:1 LIVE

Andijon. "Bobur Arena" stadioni

19.06.2025, 20:00

Bosh hakam: Ibrohim Ismoilov

Yordamchi hakamlar: Maksim Nexochin, Shohruh Azamov

Zaxira hakami: Alisher Abduvohidov

Nazoratchi: Oleg Dachev

VAR: G'ayrat Jo'raev

AVAR: Alisher Usmonov

Komissar: Abdubosit Valixonov

Gol: Farhod Bekmurodov (Roman Papariga) 5, 0:1, Shoxjahon Yorqinboev (Damir Temirov) 78, 1:1

"Andijon": 1. Eldor Adhamov, 2. Abubakir Ashurov, 4. Islombek Mamatkazin, 7. Rustam Turdimurodov, 10. Ilhomjon Abdug'aniev (88. Shohjaxon Yorqinboev,76), 13. Sardorbek Azimov, 18. Damir Temirov, 22. Usmonali Ismonaliev, 23. Doniyor Abdumannopov, 26. Muhammadkarim Toirov, 71. Bektemir Abdumannonov

Zaxira: 25. Valijon Rahimov, 6. Altin Kreziu, 8. Iskandar Shayqulov, 14. Abdurahmon Komilov, 20. Sirojiddin Solijonov, 21. Asadbek Xabibullaev, 28. Bekzod Sulaymonov, 55. Miraziz Mahamadaliev, 

"Qizilqum": 1. Sanjar Quvvatov, 4. Ilhomjon Vahobov, 5. Dilshodjon Komilov, 7. Davron Anvarov, 10. Roman Papariga ( 17. Akmaljon Muzaffarov,77), 15. Nikola Kumburovich, 18. Farhodbek Bekmuratov, 19. Ilhomjon Kenjaev (20. Bobomurod Bozorov, 67), 23. Samandar Shukurillaev, 77. Fayzullobek Jumanqo'ziev, 88. Dushan Miyich

Zaxira: 30. Farhod Rahmatov, 2. Kamron Norqulov, 6. Murodali Usmonov, 9. Humoyun Abdualimov, 33. Sulton Rahmatov, 71. Asadbek Baxshilloev, 78. Farruh Jo'raev

Ogohlantirish: Davron Anvarov ("Qizilqum") 14, Islombek Mamatkazin ("Andijon") 20, Usmonali Ismonaliev ("Andijon") 26,  Farhodbek Bekmurodov ("Qizilqum") 26

MATNLI TRANSLYACIYA


78. GOL. "Andijon" uchrashuvda hisobni tenglashtirdi. Zaxiradan maydonga tushganiga 1 daqiqa bo'lgan Shohjaxon Yorqinboev muvozanatni tiklagan golga mualliflik qildi. 

77. O'ZGARISH. "Qizilqum", Roman Papariga o'rniga Akmal Muzaffarov tushdi.

76. O'ZGARISH. "Andijon", Ilhom Abdug'aniev o'rniga Shohjahon Yorqinboev, Sardor Azimov o'rniga Bekzod Sulaymonov tushdi.

67. O'ZGARISH. "Qizilqum", Ilhom Kenjaev o'rniga Bobomurod Bozorov tushdi.

65. ZARBA. "Andijon"dan keskin hujum. Ammo gol yo'q. 

62. ZARBA. Turdimurodovning boshi bilan darvozaning yuqori to'qqizligiga bergan zarbasi noaniq chiqdi. 

60. ZARBA. Jo'manqo'zievning zarbasi noaniq ketdi.

57. To'p nazorati "Andijon" jamoasi futbolchilarida. 

51. ZARBA. "Qizilqum" forvardi Papariga "Andijon" darvozasini nishonga olib ko'rdi. Zarba golga aylanmadi. 

48. ZARBA. Ilhom Abdug'anievning jarimadan yo'llagan zarbasini Sanjar Quvvatov egallab oldi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.


45+5. Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

42. O'yin davom etadi. To'p darvoza chizig'ini kesib o'tmagan degan xulosaga kelindi. 

41. VAR tinglanmoqda. 

40. "Qizilqum"dan navbatdagi keskin hujum. To'p darvoza chizig'ini kesib o'tmadi. Jumanqo'ziev bu erda faollik ko'rsatdi.

35. O'yin yuqori tempda davom etmoqda. 

30. ZARBA. Mehmonlar hujumchisi Papariganing zarbasini maydon egalari posboni qaytardi. 

27. ZARBA. "Andijon" yarim himoyachisi Damir Temirovning zarbasi

26. OGOHLANTIRISH. "Andijon", Usmonali Ismonaliev

26. OGOHLANTIRISH. "Qizilqum", Farhodbek Bekmurodov

23. ZARBA. "Qizilqum"ning tezkor qarshi hujumini Jumanqo'ziev zarba bilan yakunladi. To'p darvoza ustuni tepasidan o'tib ketdi.

20. OGOHLANTIRISH. Islombek Mamatkazin, "Andijon"!

18. ZARBA. Fayzullo Jumanqo'zievning zarbasi noaniq bo'ldi. 

14. OGOHLANTIRISH. Davron Anvarov, "Qizilqum"!

14. ZARBA. "Qizilqum" futbolchisi Davron Anvarovning zarbasi xavfli chiqdi. To'p darvoza ustuniga tegdi.

5. GOL. Uchrashuvda tezkor gol urildi. Burchakdan uzatib berilgan to'pni Farhodbek Bekmurodov golga aylantirdi. Unga Roman Papariga assist vazifasini bajardi. 

- O'yinga start berildi. 

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. O'yin uchun barcha narsa shay holatda. 

Ўхшаш янгиликлар