"Bugun juda issiq bo'ldi. Biz deyarli uch kun oldin o'yin o'tkazgandik. O'yin tig'iz bo'lgani uchun yigitlar tiklanib ulgurganicha yo'q. Umuman olganda jamoamizda yuguradigan futbolchilar ko'p. "So'g'diyona"ni g'alaba bilan tabriklayman. Garchi bizda charchoq alomatlari bor bo'lsa-da, o'yin teng kurashlar ostida o'tdi va bu muxlislarga maqul keldi. "So'g'diyona" gol urdi, biz esa buni uddalay olmadik. Barchasini ko'rib chiqamiz, futbolchilarni keyingi o'yinga tiklash kerak. Chempionat davom etadi, hali birinchi davra yakunlanganicha yo'q. Barcha o'yinlar oldinda", - dedi Hakim Fuzaylov.