Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining 2-tur uchrashuvlari 19 iyun kuni o‘tkazildi.
“A” guruhidan o‘rin olgan uchrashuvda Braziliyaning “Palmeyras” jamoasi Misrning “Al-Ahli”siga qarshi bahs o‘tkazdi. O‘yindagi barcha gollar ikkinchi bo‘limda urildi.
Jumladan, Vissam Abu Ali o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ygan bo‘lsa, yana bir gol Flako Lopes tomonidan urildi.
Mazkur o‘yin 62-daqiqada uragan xavfi tufayli tashkilotchilar tomonidan vaqtincha to‘xtatildi va bahs 40 daqiqadan so‘ng davom ettirildi. To‘xtatilishdan so‘ng «Al-Ahli» hisobni o‘zgartirish uchun harakat qildi, ammo braziliyaliklar g‘alabani ushlab qolishdi.
Shunday qilib, ushbu g‘alabadan so‘ng Braziliya jamoasi “A” guruhida 2-turdan so‘ng 4 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi.
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati
2-tur, “A” guruhi
“Palmeyras” — “Al-Ahli” 2:0
Gollar: 1:0 — Vissam Abu Ali (49, avtogol), 2:0 — Flako Lopes (59).