"Inter Mayami" klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichi doirasida "Portu"ni mag‘lub etdi - 2:1. Uchrashuv Atlantadagi "Mercedes-Benz Stadium"da bo‘lib o‘tdi.
Dastlabki golni 8-daqiqada Portugaliya jamoasi forvardi Samu penaltidan kiritdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Telasko Segoviya hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 54-daqiqada Lionel Messi jarima zarbasidan gol urib, MLS klubining ustunligini oshirdi.
"Inter Mayami" ikki o‘yinda 4 ochko jamg‘arib, A guruhi turnir jadvalida qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha peshqadam "Palmeyras" (4) dan keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda. "Portu" (1) uchinchi o‘rinda.
24 iyun kuni AQSH jamoasi "Palmeyras"ga qarshi bahs olib borsa, "ajdarlar" "Al Ahli" bilan kuch sinashadi.