Fofanaga qiziquvchilar soni ortmoqda: Angliyadan ikki taklif!

  • Mr.NoBoDy 01.07.2025 14:48
  • 60
  • 30

"Chelsi" va "Liverpul" "Lion" yarim himoyachisi Malik Fofananing transferiga qiziqish bildirmoqda, deb xabar berdi Goal.com.

Manbaga ko'ra, 20 yoshli belgiyalik futbolchi uchun har ikki klub ham allaqachon taklif bilan chiqqan. "Lion" Liga 2'ga tushib ketganidan so'ng moliyaviy ko'rsatkichlarini barqarorlashtirish uchun futbolchilarni sotishi kutilmoqda. Avvalroq "Roma" Fofana bilan qiziqayotgan edi.

Fofana 2024/25 yilgi mavsum "Lion" safida 41 o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning bitimi 2028 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Transfermarkt futbolchining transfer qiymatini 30 mln evroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar