"Chelsi" sobiq futbolchisi faoliyatini 28 yoshida yakunladi. Uni Belgiya terma jamoasining kelajagi deb atashgandi

  • Mr.NoBoDy 01.07.2025 16:08
  • 72
  • 30

Charli Musonda butsalarini mixga ildi.

Musonda 2012 yilda 2,5 mln evro evaziga "Chelsi"ga o'tgandi. U Belgiya terma jamoasining umidi va bo'lajak superyulduz hisoblanardi. U londonliklarning asosiy jamoasiga kira olmadi, shuning uchun bir necha bor ijarada o'ynadi: "Betis", "Seltik", "Vitess".

2022 yilda Musonda erkin agent sifatida "Levante"ga ketdi, lekin u erda ham o'rnini topolmadi. Keyin Kiprning "Anortosis"ga yo'l olib, jamoani 2024 yilning sentyabrida tark etdi.

Musonda deyarli 1 yildan beri maydonga tushmayapti. Faoliyatiga jarohatlar putur etkazdi – belgiyalik futbolchi 2016-2021 yillar oralig'ida tizzasidagi muammo tufayli 1172 kunni o'tkazib yubordi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar