"Real"ning o'ng qanot himoyachisi Daniel Karvaxal poziciyasi bo'yicha o'z raqibi bo'lgan Trent Aleksander-Arnoldning klubga kelishi haqida fikr bildirdi.
"Trent g'oyat yaxshi moslashdi, u hamma bilan ajoyib munosabat o'rnata boshladi. U juda samimiy edi: dam olish kunlarida hamma bilan ovqatlanishga kelardi, u juda yaxshi yigitga o'xshardi. U Jud Bellingemni oldindan tanir edi, lekin shunga qaramay hamma bilan muloqot qilardi.
Professional nuqtai nazardan bu oddiy hol: har bir jamoada yangi transferlar, yangi o'yinchilar bor va men buni shaxsiy sinov deb qabul qildim. Men raqobatlashishni yaxshi ko'raman, oldimda qiyinchiliklar paydo bo'lishi menga yoqadi. Umid qilamanki, sog'lom raqobat jamoani yanada kuchliroq qila oladi," - deya Karvaxalning so'zlarini keltiradi The Guardian nashri.