- O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, uchrashuvdan avval yigitlarga hamma maydonga yuqori kayfiyatda chiqishi kerak deb aytgandik. "Olimpik-MobiUz"da 20 yoshli o'yinchilar o'ynaydi deb shunchaki maydonga chiqqanlar ham bo'ldi. Yani, jamoamizda raqibni mensimaslik holati kuzatildi. O'yin tomonlama "Olimpik-MobiUz" bizga nisbatan yaxshi harakat qildi, faqat tajriba bobida yutib ketdik deb o'ylayman. Bizda vaziyatlar kam bo'ldi, ikki-uchta vaziyatdan gol urdik. To'g'risi, jamoamiz o'yinidan qoniqmadim.
- Bugun "Paxtakor" yirik hisobda zafar quchsa kerak deb taxmin qilgandik. "Olimpik-MobiUz" sizlarga qarshi nima tayyorlay oldi? Ikkinchi savol: "Navbahor" bilan o'yindan oldin bunday harakat qilish keyingi bahsda salbiy tasir ko'rsatmasmikin?
- Raqibni yaxshi o'rgandik, ammo ular tomonidan yangilik ko'rmadim. "Olimpik-MobiUz" avvalgi bahslarda qanday harakat qilgan bo'lsa, bugun ham shunday o'yin ko'rsatdi. "Navbahor" bilan esa umuman boshqacha o'yin bo'ladi deb o'ylayman.
- Kubok uchun davogar bazi jamoalar musobaqani erta tark etdi. Bu haqda fikringiz?
- Hamma yaxshi jamoalar chiqib ketgani yo'q, haliyam kuchli klublar qolgan. Keyingi bosqichda kim raqib bo'lishi? To'g'risi, bilmayman. Biz har bir jamoani hurmat qilgan holda Kubokni qo'lga kiritishni istaymiz. Maqsadimiz shu.
- Superligada yozgi transfer oynasi ochildi. Jamoani kimlar tark etishi haqida malumot bera olasizmi?
- Transfer ochilgan bo'lsa-da, hali birinchi davra tugagani yo'q, shu bois bu savolingizga javob bera olmayman. Faqat shuni aytishim mumkin, bazi chiziqlarni kuchaytirish uchun bizga ikki-uch nafar yaxshi futbolchi kerak.
- Hojimat Erkinov "Paxtakor"ga qaytayotgani haqida gaplar qanchalik haqiqatga mos?
- Hojimat bilan muzokaralar olib borilayotgani rost. Bu borada faqat shuni aytishim mumkin.
- Muhammadali O'rinboev bugun qaydnomadan o'rin olmadi. Uni Belgiyaning "Antverpen" klubiga o'tayotganini eshitdik.
- Muhammadali 4 iyul kuni Belgiyaga uchib ketadi. Bu aniq.
- Hojiakbar Alijonov "Nasaf" bilan o'ynamagandi, bugun esa zaxiradan qo'shildi. U "Navbahor" bilan to'liq o'ynay oladimi?
- Hojiakbarda jarohat borligi sabab "Nasaf"ga qarshi qo'ymagandik. Bugun ham jarohat bilan harakat qildi. Lekin "Navbahor"ga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushib to'liq o'ynashidan umidvormiz.