Superliga. "So'g'diyona" - "Qo'qon-1912" 2:1 (matnli translyaciya)

  • Mr.NoBoDy 04.07.2025 21:16
  • 42
  • 30

Superliganing 15-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi boshlanmoqda.

"So'g'diyona" — "Qo'qon-1912" 2:1 LIVE

Jizzax. "So'g'diyona" stadioni. 20:00

Bosh hakam: Akobir Shukurullaev

Yordamchi hakamlar: Islom Azimov, Sherzod Azamov

Zaxira hakami: Shohinur Boymatov

Nazoratchi: Valentin Kovalenko

VAR: Rustam Lutfullin

AVAR: Amal Sultonov

Komissar: Diyor  Xotamqulov

Gol: Lyupcho Doriev (penalti) 35, 1:0, Lyupcho Doriev (Javohir Qahramonov) 41, 2:0, Muhammadanas Hasanov (Shahzod Beshimov) 47, 2:1

"So'g'diyona": 27. Milan Mitrovich, 2. Zoir Jo'raboev, 3. Islomjon Qobilov, 4. Otabek Ahadov, 7. Xondamir Mustafoqulov, 8. Suxrob Izzatov, 9. Samandarjon Mavlonqulov, 14. Lyupcho Doriev, 19. Javohir Qahramonov, 28. Stanislav Andreev, 32. Nodirjon Soyibov

Zaxira: 21. Muhammadyusuf Sobirov, 5. Behruzjon Jumatov, 10. Shoxruhbek Abdurahmonov, 17. Ehson Panshanbe, 18. Oybek Nurmatov, 33. Sardor Rahmanov, 46. Inomjon Abdumajidov, 70. Jasurbek Jaloliddinov, 99. Umidbek Sultonov

"Qo'qon-1912": 13. Azizxon Isaqov, 5. Jasurbek Yoqubov, 6. Alisher Salimov, 7. Shota Gvazava, 8. Baxtiyorjon Qosimov (11. Shahzod Beshimov,46), 9. Javohir Xusanov, 14. Jasur Xolto'raev, 15. Zafar Hakimov, 19. Shahzod Akramov, 20. Iqboljon Malikjonov, 22. Muhammadanas Hasanov

Zaxira: 1. Rustam Nartajiev, 2. Mirziyod Mirodilov, 10. Xusniddin G'afurov,  17.Alisher Xayrullaev, 18. Baxrom Abdurahimov, 30. Ibrohimjon Muhtorov, 37. Toxirbek Yo'ldoshev, 69. Egor Kondratyuk


MATNLI TRANSLYACIYA


47. GOL. "Qo'qon-1912" jamoasi ikkinchi bo'limni tezkor gol bilan boshladi. Zaxiradan maydonga tushgan Shahzod Beshimovning uzatmasidan so'ng Muhammadanas Hasanov osonlikcha mezbonlar darvozasini ishg'ol qildi.

46. O'ZGARISH. "Qo'qon-1912", Baxtiyor Qosimov o'rniga Shahzod Beshimov tushdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 



45+4. Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

41. GOL. Javohir Qahramonovning autdan tashlab bergan to'pini qabul qilib olgan Lyupcho Doriev xotirjam bir himoyachini aldab darvozaga aniq zarba berib hisobni 2:0 ko'rinishiga olib keldi

35. GOL. Lyupcho Doriev 11 metrlik nuqtadan zarba yo'llashda xatoga yo'l qo'ygani yo'q. 

33. PENALTI. "So'g'diyona" futbolchisi Doriev jarima maydonchasi ichida qo'pollik bilan to'xtatib qolindi.

23. Hakam jamoalarga 1 daqiqa suv ichib olishga imkon berdi. Kichik tanaffusdan so'ng o'yin davom etdi.

17. O'yin teng kurashlar ostida kechmoqda. Darvozalar oldida hozircha keskinlik bo'lgani yo'q.

8. Ilk daqiqalardan ustunlik mezbonlarda. 

- O'yin boshlandi. 

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. 

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar