Filippe Koutino rasman "Vasko da Gama" futbolchisiga aylandi

  • Mr.NoBoDy 04.07.2025 21:24
  • 33
  • 30

Braziliyalik hujumkor yarimhimoyachi Filippe Koutino endi "Vasko da Gama" klubi azosi hisoblanadi.

Bu haqda futbolchining sobiq jamoasi — Angliyaning "Aston Villa" klubi rasmiy saytida malum qilindi.

2024 yil iyul oyidan buyon Koutino "Vasko" safida ijara asosida to'p tepayotgan edi. U shu vaqt mobaynida jamoa uchun 26 uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi bo'ldi. Transfermarkt sayti malumotiga ko'ra, futbolchining bozor bahosi hozirda 4,5 million evroga teng.

Ayni paytda "Vasko da Gama" Braziliya chempionati jadvalining 13-pog'onasida bormoqda. Jamoa 12 turda 13 ochko jamg'argan.

Futbolchi tarbiyalangan klubiga qaytdi — bu transfer Koutinoning faoliyatidagi yangi sahifa bo'lishi mumkin.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar