"Beshiktosh" Immobile bilan shartnomani bekor qildi

  • Mr.NoBoDy 04.07.2025 22:48
  • 30
  • 30

Hujumchi Chiro Immobile "Beshiktosh"dan ketdi.

"Klub va Chiro Immobile o'rtasidagi shartnoma bekor qilindi.

Klubimiz libosi ostida qilgan mehnatlari uchun futbolchiga rahmat aytamiz va uning kelajagiga omadlar tilab qolamiz", - deyiladi klub bayonotida.

Shuningdek, shartnoma ikki tomonning kelishuvi asosida bekor qilinganini ham yozib o'tgan. Buning uchun klub futbolchiga 2 625 000 evro kompensaciya puli to'laydi.

Italiyalik futbolchi o'tgan yozda 3 mln evro evaziga "Lacio"dan "Beshiktosh"ga o'tgandi. O'tgan mavsumda u 41 o'yinda qatnashib, 19 gol urdi.

Eslatib o'tamiz, "Beshiktosh" yaqindagina Temmi Abrahamning "Roma"dan transferini elon qilgandi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar