Estevao jahon chempionatida gol kiritgan ikkinchi eng yosh gol muallifi bo‘ldi

  • Mr.NoBoDy 05.07.2025 08:00
  • 45
  • 30

“Palmeyras” futbolchisi Estevao Villian klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining chorak final uchrashuvida "Chelsi"ga gol urdi.

Braziliyalik futbolchi bo‘lajak jamoasi darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni 1:1 ko‘rinishiga keltirdi. Opta xabariga ko‘ra, 18 yoshu 71 kunlik bo‘lgan Estevao guruh bosqichida "Al Ahli"ga gol urgan "Portu" a’zosi Rodrigo Moradan (18 yoshu 49 kun) keyin jahon chempionatida gol kiritgan ikkinchi eng yosh o‘yinchiga aylandi.

"Chelsi" o‘tgan yili Estevaoning transferini amalga oshirgandi. Kelishuv qiymati, potensial bonuslarni hisobga olmaganda, 30 million yevrodan oshdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar