Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida dastlabki chorak final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Braziliyaning "Fluminense" klubi Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" jamoasidan ustun keldi - 2:1. Keyinroq Londonning "Chelsi" klubi xuddi shu hisobda Braziliyaning boshqa bir jamoasi - "Palmeyras"ni mag‘lub etdi.
Yarim finalda "Fluminense" va "Chelsi" o‘zaro to‘qnash keladi. O‘yin 8 iyul kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
1/4 finalning qolgan ikki o‘yinida "PSJ" "Bavariya" bilan, "Real" Dortmundning "Borussiya"si bilan to‘qnash keladi. O‘yinlar shanba kuni 21:00 va 01:00 da bo‘lib o‘tadi. G‘oliblar keyinroq o‘zaro final yo‘llanmasi uchun bahslashadilar.