Braziliyaning "Fluminense" himoyachisi Tiago Silva klublar o‘rtasidagi JCH-2025 chorak finalida Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi ustidan qozonilgan g‘alaba haqida gapirdi.
"Jamoa bilan faxrlanaman, juda xursandman. Bu turnirda o‘ynash oson emas, lekin biz allaqachon yarim finaldamiz. Buni tasavvur ham qila olmasdim, jamoa uchun juda xursandman", - deya xabar beradi FIFA matbuot xizmati tajribali futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltirib.
Eslatib o‘tamiz, "Fluminense" "Al-Hilol"ni 2:1 hisobida mag‘lub etgandi. Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining navbatdagi bosqichida Braziliya jamoasi Londonning “Chelsi” jamoasi bilan to‘qnash keladi. Jamoalar 5 iyul kuni to‘qnash kelishadi.