Bugun “Bunyodkor” stadionida 2026-yilgi ayollar Osiyo kubogi saralash bosqichining “F” guruhi 3-tur o‘yinlari o‘tkazildi.
Kotrina Kulbite boshqaruvidagi Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi Nepal terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi va uchrashuv 3:3 hisobida yakunlandi.
Jamoamizning gollarga, Diyoraxon Xabibullayeva (2’), Lyudmila Karachik (11’) va Maftuna Shoyimova (39’) mualliflik qildi.
Ikki jamoa barcha ko‘rsatkichlarda bir xil natija qayd etgani bois guruh g‘olibi va Osiyo kubogi yo‘llanmasi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda vakillarimiz 4:2 hisobida ustun keldi.
Shu tariqa O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi 23 yildan so‘ng ilk bor Osiyo kubogiga yo‘l oldi.