Alisher Odilov: "Golim hisoblanganda, o'yin boshqacha bo'lardi. Buyog'i hakamning vijdoniga havola"

  • Mr.NoBoDy 07.07.2025 00:48
  • 45
  • 30

Superliganing 15-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Navbahor" (2:0) o'yinidan keyin mehmonlar hujumchisi Alisher Odilov o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yin yaxshi o'tdi. Ikkala jamoa ham g'alaba qozonishga haqli edi. Golimizni hisoblaganda, o'yin boshqacha bo'lishi mumkin edi. 50/50 vaziyat edi. Buyog'i hakamning vijdoniga havola.

Imkoniyatlar yaratdik, ammo foydalana olmadik. Bugun bizning kunimiz emas ekan.

Gol inobatga olinmagan lahzada qo'limni tortib oladigan joy yo'q edi. Kichik masofada qo'lni olib qochish juda murakkab edi. Hakamning vijdoniga havola.

Hozicha "Navbahor"daman. Ertaga nima bo'lishini hech kim bilmaydi", — dedi 23 yoshli futbolchi.


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar