Ter Shtegen g'azabda, klubdagilar uni ketadi deb o'ylashyapti, ammo...

  • Mr.NoBoDy 15.07.2025 00:56
  • 102
  • 30

Mark-Andre ter Stegen "Barselona"ni tark etmoqchi emas.

O'tgan haftada Kataloniya jamoasi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik ter Shtegenga keyingi mavsumda asosiy darvozabon bo'lmasligini malum qildi.


Cadena SER xabariga ko'ra, ter Stegen g'azabda, lekin klubni tark etish niyatida emas. Biroq uning agenti darvozabon fikrini o'zgartirishi mumkin bo'lgan taqdirda yangi jamoa qidirmoqda.


"Barsa"dagilar Mark-Andre yaqinlashib kelayotgan jahon chempionatida o'ynash istagi tufayli klubni tark etishi mumkin deb hisoblashmoqda. Shu bilan birga, katalonliklar futbolchiga yuqori maoshini yo'qotishini hisobga olib, kompensaciya to'lashga to'g'ri kelishini tushib turishibdi.


Takidlanishicha, ter Stegenning transferi orqali maosh xarajatlarini qisqartirish - "Barselona"ning maqsadlaridan biridir.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar