1 yil qamoqda o'tirgan Dani Alves oqlandi!

  • Mr.NoBoDy 28.03.2025 17:24
  • 72
  • 30

"Barselona" klubi va Braziliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Kataloniya sudi tomonidan jinsiy zo'ravonlik bo'yicha qo'zg'atilgan jinoiy ishda aybsiz deb topildi.

Bu haqda "Marca" nashri xabar bermoqda.

Bir yil oldin braziliyalik futbolchi 4,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilingandi. Himoya tomoni apellyaciya shikoyati berdi. Kataloniya Oliy sudi ishni ko'rib chiqdi va bugun dalillar etarli emasligi sababli birinchi instanciya sudining qarorini bekor qildi. Hukmda aybsizlik prezumpciyasini inkor etish uchun mavjud faktlar etarli emasligi takidlangan.

Shunday qilib, aybsiz deb topilgan Dani Alves Ispaniya qamoqxonasida bir yilini o'tkazib bo'ldi.

Ўхшаш янгиликлар