Mirjalol Qosimov: "Har mavsum boshida shunday savol berishadi..."

  • Mr.NoBoDy 28.03.2025 20:40
  • 96
  • 30

Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - OKMK (1:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Fursatdan foydalanib barcha yurtdoshlarimizni kelayotgan Ramazon hayit bayrami bilan tabriklayman. Oson o'yinning o'zi yo'q. Shogirdlarimning 80 foizi ro'zador edi. Birinchi bo'lim og'irroq o'tdi. Ikkinchi bo'limda shogirdlarim o'z oldilariga qo'yilgan vazifani to'laqonli uddlashadi. Bizni qo'llab quvvatlagan muxlislarga o'z minnadorchiligimni bildiraman.

- Bu yil OKMK oldida chempionlik vazifasi qo'yilganmi?

- Har doim mavsum avvalida shunaqa savol berishadi. Maqsadimiz har bir o'yinda muxlislarga tomoshabop futbol taqdim etish. Sport principlari bor, biz maydonga chiqqanimizda har qanday raqibga etarlicha kurash taqdim eta olishimiz kerak.

-  Siz o'tgan mavsumlarda jamoa darvozabonlarini ko'p rotaciya qilardingiz. Bu mavsumda ortda qolgan 3 o'yinda faqat Javohir Ilyosovni ko'rayapmiz ...

- Futbolchi ham inson. Hammada ham turlicha ruhiyat bo'ladi. Eng tayyor bo'lganni maydonga chiqaramiz. Balki Dilshod yoki Xumoyunshohni asosiy tarkibga kiritarmiz. Buni vaqt ko'rsatadi.

Ўхшаш янгиликлар

futboll.tv
Would like to send you notifications