Superliga
3-tur
"Navbahor" – "Andijon" 2:1 (LIVE)
Namangan. "Markaziy" stadioni. 19:30
Gollar: Zabihillo O'rinboev (Saidazamat Mirsaidov) 2', Abbos G'ulomov (Shohmalik Komilov) 51' – Gilerme Gedesh avtogol 6'
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev
Yordamchi hakamlar: Timur Gaynullin, Andrey Capenko
Zaxira hakami: Shahboz Azimov
Nazoratchi: Vladislav Ceytlin
VAR: Nikita Mustafin
AVAR: Baxtiyorxo'ja Shavkatov
Komissar: Diyor Xotamqulov
"Navbahor": 1.Umid Ergashev, 7.Azim Ahmedov, 8.Shohmalik Komilov, 9.Zabihillo O'rinboev, 10.Shahzod Ubaydullaev, 12.Saidazamat Mirsaidov, 13.Benjamin Teydi, 33.Sergey Karpovich, 36.Gilerme Gedesh, 70.Abbos G'ulomov, 99.Igor Gabriel.
Zaxira: 16.Shukron Yo'ldoshev, 4.Shahzod Toirov, 11.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 15.Javohir Abdujabborov, 17.Ruslan Jiyanov, 19.Mirzohid G'ofurov, 29.Pedro Augusto, 37.Alisher Odilov, 71.Navro'z Iminjonov.
"Andijon": 1.Eldor Adhamov, 4.Islom Mamatkazin, 5.Abdulvohid G'ulomov, 8.Iskandar Shayqulov, 9.Mirzad Mehanovich, 11.Islam Mashukov, 14.Abdurahmon Komilov, 22.Usmonali Ismonaliev, 26.Muhammadkarim Toirov, 32.Luka Uskokovich, 71.Bektemir Abdumannonov.
Zaxira: 25.Valijon Rahimov, 2.Abubakir Ashurov, 6.Altin Kreziu, 7.Rustam Turdimurodov, 10.Ilhom Abdug'aniev, 13.Sardor Azimov, 17.Farhod Sohibjonov, 23.Doniyor Abdumannopov, 66.Miomir Jurichkovich.
Ogohlantirish: Shohmalik Komilov (45+4).
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
51. GOL! Shohmalik Komilovning bosh bilan bergan pasidan so'ng Abbos G'ulomov pastki burchakni aniq nishonga oldi – 2:1!
48. Zarbaaa! "Andijon"dan yaxshi hujum. Yakunda Mashukov tribuna tomon zarba berdi, to'p darvoza to'sinining ancha tepasidan o'tib ketdi.
46. Zarbaa! Komilovning chap oyoqda yo'llagan zarbasi sal noaniq ketdi.
46. Ikkinchi taym boshlandi!
Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!
45+4. Maydonda biroz tortishuv yuzaga keldi. Hakam Komilovga sariq berdi.
45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.
44. Tibbiy yordamga muhtojlik navbati Ahmedovda. U shifokorlar bilan maydonni tark etgan bo'lsa-da, hozir maydonga qaytadi.
42. Azim Ahmedov o'ziga xos fint va ajoyib uzatma muallifiga aylandi, sherigi so'nggi pallada himoyachi qarshiligiga uchradi.
39. "Andijon" azosi Abdulvohid G'ulomovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Futbolchida hammasi joyida va u maydonga qaytadi.
37. Jamoalar navbati bilan hujumga o'tishmoqda. Muhimi, o'yin tempi yuqori, bu esa ishqibozlarga xush keladi.
35. Uuuux! Gedeshning fint orqali tovoni bilan bergan zarbasi sal noaniq ketdi. Avtogolni "yuvardi" lekin.
35. Teydining havolatib amalga oshirgan uzatmasi himoyachiga tegib qoldi, navbatdagi korner.
34. Zarbaa! Karpovichning zarbasi yo'liga Islom Mamatkazin to'g'anoq bo'ldi, burchak zarbasi.
32. Abbos G'ulomov qo'pollik ishlatgani uchun hakam tomonidan og'zaki ogohlantirildi.
29. "Andijon" asosan chap qanotni – Bektemir Abdumannonovni ishga solib, hujumga o'tmoqda.
24. Islam Mashukovga tibbiy yordam zarurligi uchun hakam o'yinni to'xtatdi.
19. Maydonda derbiga xos bo'lgan xatti-harakatlar boshlanib ketdi.
15. Har ikki jamoa muxlislari avjida! Stadionda ajoyib performans hukmron.
10. O'yin ancha-muncha qizg'in tus oldi... Hatto klaviaturalarimiz ham ulgurmayapti.
6. Avtogol! Hisob tenglashdi! Islam Mashukovning uzatmasidan keyin Gedesh to'pni darvozaga kiritib qo'ydi...
4. "Andijon" hujum qila boshladi va o'z imkoniyatini qidirmoqda.
2. GOL! "Navbahor"dan tezkor gol! Katta sahnada Zabihillo O'rinboev! Mirsaidovning uzatmasidan so'ng bosh bilan to'p kiritib, hujumchi hisobni ochdi!
1. Uchrashuv boshlandi!