CSKA himoyachisi: "Turkiya chempionati Fayzullaev uchun JCH oldidan tramplin bo'ladi"

  • Mr.NoBoDy 28.07.2025 15:24
  • 99
  • 30

Moskvaning CSKA jamoasi himoyachisi Danil Krugovoy "armiyachilar" yarim himoyachisi Abbos Fayzullaevning Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubiga ketgani to'g'risida izoh berdi.

"Albatta, Abbosni hammamiz sog'inamiz. Lekin u qaytishga vada berdi (kuladi). O'ylaymanki, Turkiya chempionati Fayzullaev uchun Jahon chempionati oldidan tramplin bo'ladi. Unga muvaffaqiyat tilayman. Abbos – yaxshi futbolchi va inson. Jin ursin, u bilan o'ynash juda zo'r edi... Ayniqsa, 3-4-3 sxemasida, u vingerligida men chap qanotda o'ynardim", – dedi Krugovoy.

21 yoshli Abbos Fayzullaev 2023 yildan buyon CSKAda o'ynab kelayotgandi. U moskvaliklar tarkibida 72 o'yin o'tkazib, 8 ta gol urgan va 22 ta golga assistentlik qilgan. Transfermarkt portali o'zbekistonlik futbolchini 8 million evroga baholagan.

Avvalroq Fayzullaev "Istanbul Bashakshehir"ga o'tish oldidan tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tgan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar