Rasman: ️Hamidullo Abdunabiev - ️OKMK futbolchisi

  • Mr.NoBoDy 30.07.2025 11:08
  • 33
  • 30

Yozgi transfer oynasi yakunlanishi arafasida OKMK FK yana bir muhim transferni amalga oshirdi.

Superligada yuqori o'rinlar uchun kurashayotgan «konchilar» darvoza chizig'ida raqobatni kuchaytirish maqsadida jamoaga yangi posbonni jalb qildi.

23 yoshli Hamidullo Abdunabiev faoliyati davomida Toshkentning "Olimpik" va "Bunyodkor" jamoalari sharafini himoya qilib, jami 61 ta o'yinda maydonga tushgan va ularning 24 tasida darvozasini daxlsiz saqlashga muvaffaq bo'lgan. Endilikda u OKMK bilan 2,5 yillik shartnoma asosida faoliyatini davom ettiradi", - deb yozmoqda OKMK matbuot xizmati. 

Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, Abdunabiev transferi uchun OKMK klubi "Bunyodkor"ga 400 million so'm o'tkazib bergan.  


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar