"Inter Mayami"ning 38 yoshli hujumchisi Lionel Messi iyul oyida ajoyib o'yin ko'rsatgandi. Messi ushbu oy yakunlari bo'yicha MLSning eng yaxshi futbolchisi mukofotiga sazovor bo'ldi. U shu oyda liga doirasidagi 5 ta o'yinda ishtirok etib, 8 ta gol urdi va 2 ta gol uzatmani berdi.
Messi MLSga o'tganidan beri to'rtinchi marta va bu mavsumda ikkinchi bor oyning eng yaxshi futbolchisi unvonini qo'lga kiritmoqda.