"Manchester Yunayted" "Manchester Siti"ning darvozaboni Shtefan Ortegani sotib olish masalasini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Sport.es nashri xabar berdi. Ruben Amorim jamoasi allaqachon nemis futbolchisining vakillari bilan aloqaga chiqqan.
Manba malumotlariga ko'ra, "Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martinez "qizil iblislar" safiga o'tishni rad etganidan so'ng, Manchester klubi "shaharliklar"ning ikkinchi raqamli darvozaboniga qiziqish bildirgan. Avvalroq, Jeyms Trafford jamoaga qo'shilganidan keyin, Orteganing bu yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkinligi haqida malumotlar tarqalgan edi.
O'tgan mavsumda 32 yoshli darvozabon barcha musobaqalarda 22 ta o'yinda maydonga tushdi. U bu uchrashuvlarda 24 ta gol o'tkazib yubordi va sakkiz marta darvozasini quruq saqlashga erishdi.