"Andijon" transferning so'nggida yana ikki nafar futbolchi bilan shartnoma tuzdi

  • Mr.NoBoDy 31.07.2025 08:08
  • 72
  • 30

Ikkinchi davra avvalida "Andijon" yana ikkita futbolchi bilan shartnoma tuzganini elon qildi.

"Jamoamizning olib borilgan selekciya ishlari davomida istedodli yoshlar ham tarkibga jalb qilindi.

Jumladan, hujumchi Abdurahmon Abdullaev va yarim himoyachi Muhammadyusuf Mirqodirov “Andijon” bilan shartnoma imzoladilar.

Malumot uchun, Abdullaev 2006 yilning 7 may sanasida tavallud topgan bo'lib, “Paxtakor”da to'p surgan. Undan avval esa “Odil Junior” akademiyasi va “Zomin”da ham faoliyat olib borgan. Abdurahmon O'zbekiston Kubogida 5 ta uchrashuvda maydonga tushgan. 

Mirqodirov esa 2005 yilning 7 mart kuni tug'ilgan. Muhammadyusuf ham “Odil Junior” akademiyasi va “Zomin” jamoasida faoliyat olib borgan. Uning oxirgi klubi esa “Surxon”. Futbolchi Superliga va O'zbekiston Kubogida 7 ta o'yinda qatnashgan", - deyilgan klub tomonidan taqdim etilgan xabarda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar