"Atlas" bosh murabbiyi Gonsalo Pineda "Inter Mayami"ning g‘alabasidan keyin Lionel Messining hissiyotlarga to‘lib-toshganidan hayratda qolganini tan oldi.
Jamoalar Ligalar kubogi doirasida to‘qnash kelishdi. "Qo‘tonlar" so‘nggi daqiqalarda (2:1) Marselo Veygandtning goli evaziga g‘alabani ilib ketishdi - Messi golga assist berdi, xuddi meksikaliklar darvozasiga urilgan birinchi golda bo‘lgani kabi.
"Messining g‘alabani bayram qilishi meni hayron qoldirdi. Bu uning faoliyati davomida erishgan barcha aql bovar qilmas muvaffaqiyatlariga qaramay, biz bilan o‘yin uning uchun qanchalik muhim bo‘lganini ko‘rsatadi," - dedi Pineda matbuot anjumanida.
3 avgust kuni "Inter Mayami" Meksika sharafini himoya qilayotgan "Nekaksa"ga qarshi bahs olib boradi.