21 yoshli yarim himoyachi bilan shartnoma 5 yilga mo'ljallangan.
"O'tgan mavsumda u kam o'ynadi, rotaciya futbolchisi edi. Yaqinda u Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida tan olindi. U barcha fazilatlarga ega, yaxshi futbolchi. Ehtimol, unga taklif tushgan va unga 90 daqiqa kafolatlangandir. U o'ynashni xohlaydi. CSKA uning uchun yaxshi pul oldi, klub pul ishlashni biladi. Agar Turkiyada o'ynasa, Jahon chempionatiga tayyorlana oladi", – dedi Gasilin.
Fayzullaev 2023 yilning avgustidan buyon CSKA safida to'p tepgan. U "armiyachilar" terma jamoasi safida jami 72 o'yin o'tkazib, 8 ta gol urgan va 22 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fayzullaev CSKA bilan birgalikda Rossiya Kubogi, Rossiya Superkubogi va RPL bronza medalini qo'lga kiritdi. Jamoadagi faoliyati davomida u Osiyoda yilning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida etirof etilgan.