"Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, Neapolitan klubi 21 yoshli italiyalik futbolchini tarkibga qo'shib olishga yaqin turibdi. "Napoli" rahbarlari yarim himoyachi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini deyarli kelishib oldi, Italiyaning amaldagi chempionlari u uchun 12-14 million evro to'laydi.
Qayd etish joiz, Miretti o'tgan mavsum ijara asosida "Jenoa" safida o'ynadi.
Fabio Miretti yakunlangan mavsum "Genuya griffinlari" safida Italiya chempionatida 25 o'yin o'tkazib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.