GQ nashriga bergan intervyusida Vinisius o'z faoliyatida allaqachon ko'p yutuqlarga erishgani, biroq uning orzulari hali amalga oshmaganini aytdi. Braziliyalik futbolchi klub va terma jamoa bilan yanada ko'proq chempionlikni qo'lga kiritish, shuningdek, keyingi avlod futbolchilarini ilhomlantirishda davom etishini takidladi.
"Mening eng katta orzum – futboldan tashqari meros qoldirish", – deya qo'shimcha qildi Vinisius.
Eslatib o'tamiz, Vinisius Junior o'tgan mavsum madridliklar safida Ispaniya chempionatida 30 o'yin o'tkazib, 11 ta gol urgan va 8 ta golga assistentlik qilgan.