"Milan" Vlaxovichni olish uchun yarim himoyachisidan voz kechadimi?

  • Mr.NoBoDy 01.08.2025 17:40
  • 72
  • 30

"Milan" rahbariyati ushbu yozgi transfer oynasida Turinning "Yuventus" klubi bilan serbiyalik yulduz hujumchi Dushan Vlaxovich transferi borasida kelishuvga erishmoqchi.

"La Repubblica" xabariga ko'ra, milanliklar 25 yoshli futbolchi uchun "keksa sinora"ga 10 million evro va jazoirlik yarim himoyachi Ismael Bennaserni taklif qilishga tayyor. 


Qayd etish joiz, "Yuventus" forvardni bunday shartlar bilan qo'yib yuborishga tayyor emas. Turin klubi serbiyalikni sotishdan 60 million evroga yaqin daromad olmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Dushan Vlaxovich o'tgan mavsum "Yuventus" tarkibida Italiya chempionatida 29 o'yinda ishtirok etib, 10 ta to'p kiritgan va 4 ta assist qayd etgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar