"Mark – jamoaning birinchi sardori va yakunda qaror futbolchilarning ovozi bilan qabul qilinadi. U juda jiddiy jarohat olgandi. U jarohatdan tuzalgach, ko'ramiz, murabbiy bir qarorga keladi. Shubhasiz, Mark – klub afsonasi va uni hurmat qilish kerak", – dedi Gavi.
Oldinroq Mark-Andre ter Shtegen bel qismidan navbatdagi operaciyani boshdan kechirgandi. Germaniyalik darvozabonning tiklanishi 4 oygacha davom etishi mumkin. Bu ikkinchi shunday operaciya hisoblanadi. 2023 yil dekabr oyida unda umurtqalararo disk churrasi aniqlangan.