Mersisaydliklarning ushbu yozdagi texnik homiysi Adidas hisoblanadi. Mashhur nemis kompaniyasi bilan shartnoma 10 yilga tuzilgan.
"Liverpul" va Adida bir necha muvaffaqiyatli davrlarda hamkorlik qilishdi: avvaliga 1985 yildan 1996 yilgacha, keyin esa 2006 yildan 2012 yilgacha. Bu vaqt ichida "qizillar" ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritdi, jumladan, uch marta Angliya chempionligiga erishdi va uch marta Angliya Kubogida zafar quchdi. Adidas futbol libosi "Liverpul" muvaffaqiyatining sinonimi", – deb yozdi klub matbuot xizmati.