Superliga. "So'g'diyona" - "Nasaf" 1:2 (matnli translyaciya)

  • Mr.NoBoDy 02.08.2025 21:24
  • 66
  • 30

Superliga 16-turi doirasidagi "So'g'diyona" - "Nasaf" o'yini boshlandi.


"So'g'diyona" — "Nasaf" 1:2 LIVE

2 avgust 2025 yil. Jizzax. "So'g'diyona" stadioni. 20:00 

Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Andrey Capenko, Timur Gaynullin, Nurbek Sheraliev

Nazoratchi: Marat Ismoilov

VAR: Ahrol Risqullaev

AVAR: Edita Mirobidova

Komissar: Shohruh Said

Gol: Husayin Norchaev 6, - 0:1 (Stefan Cholovich). Otabek Ahadov 27 avtogol, - 0:2. Rubin Xebay 58, - 1:2. 

"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich (s), 2.Zoir Jo'raboev, 4.Otabek Ahadov (13.Filip Ivanovich, 41), 7.Xondamir Mustafoqulov, 8.Suhrob Izzatov, 14.Lyupcho Doriev, 19.Javohir Qahramonov, 32.Nodirjon Soyibov (9.Samandar Mavlonqulov, 41), 33.Sardor Rahmonov, 70.Jasurbek Jaloliddinov, 98.Rubin Xebay

Zaxira: 21.Muhammadyusuf Sobirov, 3.Islomjon Qobilov, 5.Behruz Jumatov, 10.Shoxruhbek Abdurahmonov, 18.Oybek Nurmatov, 28.Stanislav Andreev, 42.Sardorbek Erkinov

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 5.G'olib G'aybullaev, 6.Murodbek Rahmatov, 10.Dragan Cheran, 14.Sharof Muhitdinov, 18.Husayn Norchaev, 19.Stefan Cholovich, 28.Shuhrat Muhammadiev, 34.Sherzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov, 92.Umarbek Eshmurodov (s)

Zaxira: 1.Oleksandr Vorobey, 2.Alibek Davronov, 8.Zafarmurod Abdirahmatov, 9.Javohir Sidiqov, 17.Suhrob Nurulloev, 22.Igor Golban, 24.Sardorbek Bahromov, 33.Bahodir Halilov, 55.Diyorbek Abdunazarov

Ogohlantirishlar: Otabek Ahadov 31, Stefan Cholovich 49, Sharof Muhitdinov 56, Suhrob Izzatov 60, 


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



60. Ogohlantirish. "So'g'diyona". Suhrob Izzatov 

58. GOL! Rubin Xebay 17 metrdan belgilangan jarima to'pini darvozaning yuqori burchagiga "sanchib" qo'ydi - 1:2! 

56. Ogohlantirish. "Nasaf". Sharof Muhitdinov 

54. Jaloliddinov jarima to'pini amalga oshirdi, Doriev jarima maydoni ichidan zarba bera olmadi! 

51. UXXXX! Cheranning kuchsiz zarbasidan keyin Mitrovich to'pni qaytardi, qaytgan to'pni Norchaev darvozaga yo'lladi, to'p ustunga tegib qaytdi! 

49. Ogohlantirish. "Nasaf". Stefan Cholovich

46. Ikkinchi taym boshlandi 


45+2. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 0:2

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi 

41. O'zgarish. "So'g'diyona". Ahadov va Soyibov o'rniga Filip Ivanovich va Mavlonqulov tushdi 

37. ZARBA! Norchaevning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

31. Ogohlantirish. "So'g'diyona". Otabek Ahadov 

28. ZARBAA! Mezbonlardan hujum, Jaloliddinov uzatgan to'pdan keyin Qahramonov deyarli birga bir vaziyatga chiqib ketdi va zarba berdi, G'olib G'aybullaev bu vaziyatda to'pga o'zini qalqon qildi!

27. GOL! Aniqrog'i avtogol. Chap qanotda Bozorov va Muhitdinovning faolligi mehmonlarga ikkinchi golni olib keldi. Bozorovning darvoza yoniga uzatgan to'pnini Ahadov kutilmaganda o'z darvozasiga to'g'rilab qo'ydi - 0:2. 

26. ZARBAA! Dorievning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan kuchli zarbasidan keyin Nematov chiroyli seyv namoyish etdi! 

23. Xavfli vaziyat! Doriev chap tomondan jarima maydoniga kirib to'pni sheriklariga uzatdi, Xebayning zarbasi himoyachilardan qaytdi! 

21. UXXX! "So'g'diyona"dan xavfli hujum, Jaloliddinovning havolatib uzatgan to'pini hujumchilarga yordamga kelgan Zoir Jo'raboev boshi bilan darvozaga yo'lladi, biroz noaniq!

12. ZARBA! Yana Nasrullaev hujumni boshlab berdi, uning to'p uzatishidan keyin Cholovich jarima maydoni yaqiniga borib kuchli zarba berdi, bu safar Mitrovich to'pni ushlab oldi! 

9. UXXX! Nasrullaevning chap qanotdan uzatib bergan to'pni Norchaev egallab oldi va jarima maydoniga kirib chap oyoqda zarba berdi, to'p bu safar ham Mitrovich ustidan o'tib ketdi, biroq gol bo'lishiga darvoza to'sini "yo'l qo'ymadi"

7. ZARBA! Mezbonlardan javob hujumi, Dorievdan to'pni qabul qilib olgan Jaloliddinov jarima maydoniga kirib zarba berdi, biroz noaniq! 

6. GOL! Cholovichning jarima maydoniga uzatgan to'pini Norchaev darvozaga orqa bilan turgan holda boshi bilan zarba berdi, Mitrovich buni kutmagandi va to'p uning ustidan darvozaga kirib ketdi - 0:1. GOLNI KO'RISH




2. "So'g'diyona"ning hujumi, Mustafoqulovni Muhitdinov jarima maydoni yonida yiqitdi. Mezbonlarda jarima to'pi. Jaloliddinovning zarbasi o'xshamadi.

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi. 

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar