Hujumchi yaqinlashayotgan mavsumda katta ehtimol bilan Ispaniya chempionatiga yo'l oladi.
OAV malumotlariga ko'ra, "Barselona" Jeksonni Robert Levandovskining o'rniga uzoq muddatli o'rinbosar sifatida olishni kutmoqda. Ammo, "Real" kataloniyaliklarning rejasini buzishi mumkin.
Yozgi transferlar davrida Madrid klubi bir qator muhim xaridlarni amalga oshirdi. Trent Aleksander-Arnold, Alvaro Karreras va Din Xeysen "Real" futbolchilariga aylanishdi.
Nikolas Jekson 2023 yildan beri "Chelsi" sharafini himoya qilmoqda. Hujumchi o'tgan mavsumda APLda 10ta gol urdi.