Insayder Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 22 yoshli ukrainalikning transfer summasi 68 mln evroni tashkil qiladi. Bitim yakunlandi va tasdiqlandi, tez orada bu haqda rasman elon qilinadi.
Zabarniy o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 42 mln evroni tashkil etadi.
Himoyachi Ukrainaning "Dinamo" (Kiev) klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.