Superliga. "Andijon" - "Qo'qon-1912" 2:0 (matnli translyaciya)

  • Mr.NoBoDy 03.08.2025 20:48
  • 90
  • 30

Superliga 16-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Qo'qon-1912" o'yini boshlandi.

"Andijon" — "Qo'qon-1912" - 2:0 LIVE 

Hakamlar: Asker Najafaliev, Amir Galeev, Daniil YacenkoUmidjon Rahimjonov

Nazoratchi: Timur Abdullaev

VAR: G'ayrat Jo'raev

AVAR: Shohruh Azamov

Komissar: Qudrat Madraimov

Gollar: Damir Temirov 51, - 1:0 (Saidumarxon Saidnurullaev). Damir Temirov 80, - 2:0 (Otabek Jo'raqo'ziev). 

"Andijon": 31.Erjan Tokotaev, 3.Sunnatilloh Hamidjonov, 8.Shaxzod Azmiddinov (4.Islombek Mamatkazin, 74), 9.Saidumarxon Saidnurullaev, 11.Otabek Jo'raqo'ziev (7.Ismail Akinade, 83), 13.Sardor Azimov (s), 18.Damir Temirov (41.Muhammadyusuf Mirqodirov, 83), 23.Doniyor Abdumannopov (99.Muhammadali Usmonov, 86), 26.Muhammadkarim Toirov, 27.Kristian Novak, 71.Bektemir Abdumannonov (17.Farxodjon Sohibjonov, 83)

Zaxira: 1.Eldor Adhamov, 14.Abdurahmon Komilov, 22.Usmonali Ismonaliev, 88.Shoxjahon Yorqinboev, 

"Qo'qon-1912": 13.Azizxon Isaqov, 4.Asliddin Toshtemirov, 5.Jasurbek Yoqubov, 6.Alisher Salimov (18.Bahrom Abdurahimov, 66), 7.Shota Gvazava, 9.Javohir Husanov, 10.Shoxruh Gadoev (20.Iqboljon Malikjonov, 72), 17.Kleydi Datsi, 19.Shahzod Akramov, 44.Andro Giorgadze, 78.Abdug'afur Haydarov (14.Jasur Xolto'raev, 66)

Zaxira: 1.Rustam Nortojiev, 15.Zafar Hakimov, 21.Muxriddin Pazildinov, 22.Muhammadanas Hasanov, 23.Abror Karimov, 30.Ibrohimjon Muxtorov

Ogohlantirishlar: Doniyor Abdumannopov 67, Shahzod Azmiddinov 72, 


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



86. O'zgarish. "Andijon". Abdumannopov o'rniga Usmonov tushdi 

83. O'zgarishlar. "Andijon". Abdumannonov, Temirov va Jo'raqo'ziev o'rniga Sohibjonov, Mirqodirov va Akinade tushdi

80. GOL! Otabek Jo'raqo'ziev bilan devor uslubida o'ynagan Temirov jarima maydoni ichidan gol urdi va dublga erishdi - 2:0.

75. UXX! Otabek Jo'raqo'ziev qulay vaziyatdan foydalana olmadi

74. O'zgarish. "Andijon". Azmiddinov o'rniga Islombek Mamatkazin tushdi 

72. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Gadoev o'rniga Malikjonov tushdi

72. Ogohlantirish. "Andijon". Shahzod Azmiddinov 

70. ZARBAAAA! Kleydi Datsining jarima maydoni ichidan yo'llagan aniq zarbasidan keyin Tokotaev yana katta sahnaga chiqdi! Superseyv!

67. Ogohlantirish. "Andijon". Doniyor Abdumannopov 

66. ZARBA! Muhammadanas Hasanovning chap oyoqda yo'llagan aniq zarbasidan keyin Tokotaev to'pni ushlab oldi! 

66. O'zgarishlar. "Qo'qon-1912". Salimov va Haydarov o'rniga Abdurahimov va Xolto'raev tushdi 

64. Zarba! Dastlab Jo'raqo'ziev zarba berdi, to'p himoyachiga tegib qaytdi, qaytgan to'pni Abdumannopov darvozaga yo'lladi, noaniq 

62. ZARBAAAA! Doniyor Abdumannopovning kuchli va aniq zarbasidan keyin Isaqov jamoasini muqarrar goldan qutqardi! 

55. Zarba! Hasanovning faolligidan keyin Haydarov darvozaga boshi bilan zarba berdi, Tokotaev osongina to'pga ega chiqdi 

55. Zarba! Abdumannonovning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Jo'raqo'ziev darvozaga yo'lladi, Isaqov o'z o'rnida! 

53. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Javohir Husanov o'rniga Muhammadanas Hasanov tushdi

51. GOL! O'ng qanotda Saidnurullaev uzatgan to'pni Damir Temirov jarima maydoni ichida to'xtatmasdan darvozaga joylab qo'ydi - 1:0.  GOLNI TOMOSHA QILISH

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!



45+1. Birinchi bo'lim yakunlandi, hozircha 0:0

45+1. Alisher Salimovning jarimadan uzatgan to'pini sheriklari darvozaga yo'llay olishmadi

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi 

42. Zarba! Yana Abdumannopov, yana burchak to'pi 

40. ZARBAAAA! Doniyor Abdumannopovning zarbasi juda xavfli chiqdi, Isaqovdan ajoyib seyv, burchak to'pi  

38. Zarba! Shohruh Gadoevning uzoqdan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ketdi 

37. Mezbonlarda burchak to'pi, Abdumannonovning to'g'ri darvozaga yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi 

34. Zarba! Haydarovning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi 

29. ZARBAAAA! Abdug'afur Haydarovning chap oyog'i bilan yo'llagan zarbasi aniq chiqdi, Erjan Tokotaevdan chiroyli seyv!

25. Futbolchilarga suv ichib olish imkoniyati yaratib berildi

20. Xavfli vaziyat! "Qo'qon-1912"ning hujumi, Abdug'afur Haydarov Novakning xatosidan keyin birga bir vaziyatga chiqib borishiga Hamidjonov yo'l qo'ymadi va hujumni to'xtatdi! 

15. Zarba! Javohir Husanovning uzoqdan yo'llagan zarbasidan keyin Tokotaev to'pni ushlab oldi

8. ZARBAAA! Burchakdan uzatilgan to'pni Jo'raqo'ziev boshi bilan darvozaga yo'lladi, Azizxon Isaqovdan ajoyib seyv!

4. UXXX! Temirovning to'p uzatishidan keyin Otabek Jo'raqo'ziev birga bir vaziyatga chiqib noaniq zarba berdi, qanot hakami ofsayd qayd etdi. 

1. Zarba! Andro Giorgadze deyarli maydon marazidan zarba berdi, o'ta noaniq



1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi. 

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar