Insayder Devid Ornshteynning so'zlariga ko'ra, 32 yoshli ganalik erkin agent "Vilyarreal" bilan 2 yillik bitim imzolashga yaqin turibdi. Tayanch yarim himoyachisi Ispaniya jamoasi safida allaqachon tibbiy ko'rikdan o'tgan.
Parti yangi mavsumda Chempionlar Ligasida o'ynash imkoniyati tufayli faoliyatini "Vilyarreal"da davom ettirishga qaror qildi.
Tomas Parti o'tgan mavsum "Arsenal" tarkibida Angliya chempionatida 35 o'yin o'tkazib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmaga muallif bo'ldi.