Farg'ona davlat universiteti stadioni Pro liga bahsiga mezbonlik qiladi

  • Mr.NoBoDy 04.08.2025 17:32
  • 57
  • 30

O'z tarixida ilk bor Pro liga musobaqasida ishtirok etayotgan "FarDU" mavsum boshidan buyon Farg'ona davlat universitetiga qarashli stadionda tamirlash ishlarini olib bordi.

"Ayni vaqtda o'yingoh Pro liga doirasidagi bellashuvlarni qabul qilishga tayyor.

Iyul oyining so'nggi 10 kunligida Liga mutaxassislari navbatdagi bor Farg'onada bo'lib, amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Endilikda o'yingohni rasmiy uchrashuvlarga tayyorlash jarayoni boshlandi. 

Pro liga 12-turida "FarDU" Farg'onada "Lokomotiv" klubini qabul qilishi lozim. Mazkur bellashuv Farg'ona davlat universitetida o'tkaziladi. Endilikda universitet talabalari va personali o'z sevimli jamoasi ishtirokidagi uy o'yinlarini universitet maydonida kuzatib borish imkoniyatiga ega bo'ladi", – deyiladi PFL xabarida.

Eslatib o'tamiz, "FarDU" bungacha o'z uy o'yinlarini Farg'onaning "Istiqlol" stadionida o'tkazib kelayotgan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar