"Qizil iblislar" 26 yoshli futbolchi uchun Portugaliya jamoasiga 58 million evro taklif qilishni reja qilgan. Biroq "Sporting" o'z sardorini 79 million evroga sotishni maqsad qilgan. Chunki Yulmannning shartnomasidagi tovon puli aynan shunchani tashkil qiladi.
Ushbu transferni MYU bosh murabbiyi Ruben Amorimning o'zi istamoqda.
Morten Yulmann o'tgan mavsum "Sporting" safida 47 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 3 ta gol va 2 ta golli uzatma bor. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozida yakunlanadi.