– Bugungi o'yin haqida fikringiz...
– Uchrashuvni yomon boshladik, lekin keyinchalik xatolarimizni tuzatishga harakat qildik. "Paxtakor" yaxshi o'yin namoyish etdi, ular g'alabaga munosib edi va men jamoani tabriklayman. Biz oldinga intilishda davom etamiz. Umid qilamanki, kelgusida hammasi yaxshi bo'ladi.
– Siz ketma-ket to'rt o'yindan beri gol ura olmayapsiz. Raqib darvozasini ishg'ol qilishingizga nimalar to'sqinlik qilmoqda?
– Menga buning ahamiyati yo'q. Men faqat yigitlarning, jamoaning g'alabasini xohlayman, lekin o'zim gol urmasam, ko'rib turganingizdek, qiyin bo'ladi. Ammo keyingi o'yinda gol uraman deb umid qilaman.
– Deyarli butun faoliyatingizni 14-raqamda o'tkazyapsiz. Bu raqam nimani anglatadi?
– Bu raqamda Terri Anri o'ynagan, u mening kumirim hisoblanadi, shu bois 14-raqamli libosda to'p tepaman.
Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.