Superliga. "Navbahor" - "Neftchi" 0:1 (matnli translyaciya)

  • Mr.NoBoDy 16.08.2025 18:40
  • 39
  • 30

Superliganing 19-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Neftchi" uchrashuvi boshlanmoqda.

“Navbahor” — “Neftchi” 0:1 LIVE
16.08.2025, 18:00
Bosh hakam:
 Akobir Shukurullaev
Yordamchi hakamlar: Baxtiyorxo'ja Shavkatov, Alisher Usmonov
Zaxira hakami: Asadbek Qosimjonov
Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev
VAR: Doston Rahmonov
AVAR: Timur Gaynullin
Komissar: Sherzod Rajabov

Gol: Ikrom Aliboev 33, 0:1

"Neftchi": 1. Botirali Ergashev, 4. Boyan Ciger, 5. Ikrom Aliboev, 6. Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 7. Abror Ismoilov, 9. Joel Kojo, 10. Jamshid Iskanderov, 20. Anvarjon G'ofurov, 21. Muhsin Ubaydullaev, 22. Alisher Odilov, 23. Yovan Jokich

Zaxira: 45. Akbar To'raev, 8. Vladimir Yovovich, 11. Quvondiq Ro'ziev, 15. Shahzodbek Nematjonov, 24. G'ulom Haydar Gulyamov, 32. Zoran Marushich, 70. Shoxruh Yoqubjonov, 70. Silvanus Nimeli, 77. Bilolxon Toshmirzaev

"Navbahor": 16. Shukron Yo'ldoshev, 19. Mirzohid G'ofurov, 32. Muhammadbobur Mo'ydinov, 36. Gilerme Gedesh, 99. Igor Gabriel, 5. Julio Sezar, 14. Jamshid Boltaboev, 17. Ruslanbek Jiyanov, 70. Abbos G'ulomov, 9. Zabihillo O'rinboev, 11. Muhammadali G'iyosov

Zaxira: 1. Umidjon Ergashev, 7. Azimjon Ahmedov, 8. Shohmalik Komilov, 12. Saidazamat Mirsaidov, 15. Javohir Abdujabborov, 22. Asadbek Jo'raboev, 29. Pedro Augusto, 33. Jaloliddin Sodiqov, 55. Komiljon Tojiddinov.

Ogohlantirish: Julio Sezar ("Navbahor") 29

MATNLI TRANSLYACIYA


35. "Navbahor" faollikni oshirdi. Stadionda muxlislar jamoasini tinimsiz olqishlamoqda. 

33. GOL. Ikrom Aliboev aniq va kutilmagan zarba bilan "Navbahor" darvozasini to'g'ri nishonga oldi. "Neftchi" o'yindagi ustunlikni hisobga ko'chirdi, 0:1

29. OGOHLANTIRISH. Julio Sezar, "Navbahor". U Kojoni qo'pollik bilan to'xtatib qolgandi.

22. Ustunlik farg'onaliklar tomonida. Vitaliy Levchenko shogirdlari raqib darvozasi oldida ketma ket vaziyatlar yaratishyapti.

19. Yana Kojo, yana "Neftchi". Iskanderovning burchakdan etkazib qoyilmaqom uzatmasini Kojo zarbaga aylantirdi. Shukron Yo'ldoshev to'pni qiyinchilik bilan qaytardi.

17. Kojoning "Navbahor" jarima maydonchasi ichida bergan zarbasini "Neftchi" vakillari qaytarishga erishdi.

12. "Neftchi" hujumchisi Joel Kojo katta tezlikda qochib ketib darvozaga zarba berdi. "Navbahor" posboni Shukron Yo'ldoshev to'pga chiqib kelib xavfni bartaraf etdi.

8. Odilovning reydi tez lekin yakun muvaffaqiyatsiz chiqdi. 

5. Jamoalar sekin asta tempni oshirmoqda.

- O'yinga start berildi.

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. Olovli derbiga oz qoldi. 

- Vodiy derbisi boshlanishiga barcha narsa shay.

- Uchrashuv 18:00da start oladi. 

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar