Manbaga ko'ra, 25 yoshli niderlandiyalik futbolchining ingliz klubidagi kelajagi yakuniga etgani aniq. Futbolchiga "Atalanta"dan tashqari Saudiya Arabistoni klublari va "Seltik" ham qiziqish bildirgan.
Malasia 2025 yilning fevralidan boshlab ijara asosida PSVda o'ynagan va u erda 12 ta o'yinda maydonga tushgan.
Himoyachining shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha amal qiladi.
Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini sakkiz million evroga baholagan.