- Dastlab o'yin haqida fikringiz?
- Bugun haqiqiy futbolga mos muhit bo'ldi. Stadionga juda ko'p muxlislar tashrif buyurdi. "Navbahor"ga qarshi qiyin bahsni o'tkazdik. G'alaba qozonishimiz oson bo'lmadi. G'alaba bilan jamoamizdagi barchani tabriklayman. Ishlashda davom etamiz, chempionat hali tugagani yo'q.
- Nima deb o'ylasiz, legionerlar o'zlarini yaxshi his qilyaptimi?
- Biz shunday yo'l tutyapmizki, jamoada hech kimni ajratayotganimiz yo'q. Shuningdek, legionerlar ham bu erda o'zlarini erkin his qilishlari uchun yordam beryapmiz. Jamoada raqobat bor va bu juda yaxshi. Kim kuchli bo'lsa, o'sha o'ynayapti.
- "Neftchi" chempionlik uchun kurashadimi?
- Biz maydonga chiqib o'z o'yinimizni ko'rsatamiz va har bir raqib bilan kurash olib boramiz. Shunchaki futbol o'ynamaymiz. Lekin chempion bo'lishimizni vaqt ko'rsatadi.
- Bugungi muxlislik darajasini 10 ballik tizimda qanday baholagan bo'lardingiz?
- Bemalol aytishim mumkin, vodiyning har uchala klubi - "Andijon", "Navbahor" va "Neftchi"da muxlislik darajasi juda yuqori. Eng ko'p muxlislar ham, eng zo'r muxlislar ham shu erda. Vodiyda ajoyib ishqibozlar bor, bunga qoyil qolish kerak.