Superliga. Bugun yana 3 ta uchrashuv bor

  • Mr.NoBoDy 17.08.2025 08:00
  • 33
  • 30

Bugun Superliganing 19-turidan o'rin olgan yana uchta uchrashuv bo'lib o'tadi.

Kunning ilk uchrashuvi Qo'qon shahrida bo'lib o'tadi. Qatorasiga to'qqizta mag'lubiyatdan so'ng o'tgan tur g'alaba qozongan "Qo'qon-1912" "Surxon"ni qabul qiladi. Uchrashuv 18:00 da start oladi. G'uzorda o'tgan turda mag'lubiyatga uchragan jamoalar "Mashal" va "Andijon" o'zaro bahs olib boradi. Uchrashuv 19:00 ga belgilangan.

Kunning so'nggi bahsi Toshkentda bo'lib o'tadi. 18-turda Surxondaryoda mag'lub bo'lgan "Bunyodkor" murabbiyi o'zgargan "Buxoro"ni qabul qiladi. Uchrashuv soat 20:15 da boshlanadi.

“Bunyodkor” — “Buxoro”
17.08.2025
Bosh hakam
: G'ayrat Jo'raev
Yordamchi hakamlar: Maksim Nexochin, Islom Nosirov
Zaxira hakami: Anvar Ismoilov
Nazoratchi: Valentin Kovalenko
VAR: Rustam Lutfullin
AVAR: Edita Mirobidova
Komissar: Abdulbosit Valixonov

“Mashal” — “Andijon”
17.08.2025
Bosh hakam: 
To'rabek Suyunov
Yordamchi hakamlar: Shohnur Yo'ldoshev, Sardor Umirzakov
Zaxira hakami: Akmal Raximov
Nazoratchi: Oleg Dachev
VAR: Ahrol Risqullaev
AVAR: Islom Azimov
Komissar: Shohruh Said

“Qo'qon-1912” — “Surxon”
17.08.2025
Bosh hakam: 
Doston Rahmonov
Yordamchi hakamlar: Abdulhamid Abduraimov, Jamshidbek Bakirov
Zaxira hakami: Muhammadali Baxtiyorov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
VAR: Akobir Shukurullaev
AVAR: Nasibabonu Toshmuhammedova
Komissar: Jalolxon Inog'omxo'jaev

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar