"Bunyodkor" – "Buxoro" 1:1
17.08.2025
Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev
Yordamchi hakamlar: Maksim Nexochin, Islom Nosirov
Zaxira hakami: Anvar Ismoilov
Nazoratchi: Valentin Kovalenko
VAR: Rustam Lutfullin
AVAR: Edita Mirobidova
Komissar: Abdulbosit Valixonov
Gollar: 1:0 – 49, Matiya Krivokapich (Nosir Abdusalomov), 1:1 – 70, Najmiddin Normurodov (avtogol)
"Bunyodkor": 1. Abdumavlon Abdujalilov, 2. Nikoloz Mali, 4. Najmiddin Normurodov, 8. Martin Shroler (10. Rasul Yo'ldoshev, 76), 9. Imeda Ashortia (17. Ollobergan Karimov, 83), 15. Marko Bugarin, 21. Nosir Abdusalomov (11. Temurxo'ja Abduxoliqov, 71), 23. Asadbek Rahimjonov (57. Amir To'raqulov, 83), 25. Icuki Urata, 28. Matiya Krivokapich, 30. Sardor Abdunabiev (77. Muzaffar Olimjonov, 71)
Zaxira: 22. Valijon Rahimov, 5. Aleksandr Zevadinov, 18. Narimon Ahmadjonov, 66. Azizbek To'lqinbekov
"Buxoro": 1. Shirinboy Abdullaev, 5. Sardor Qulmatov, 17. Javohir Ro'ziev (9. Amirbek Saidov, 90+1), 22. Toma Tabatadze (19. Bilol To'pliev, 60), 25. Frane Chiryak (6. Ravshan Xayrullaev, 60), 27. Muhammad Yo'ldoshev, 77. Asilbek Qayumov (11. Ibrohim No'monov, 74), 88. Dominik Begich (10. Azizbek Amonov, 60), 93. Marko Kolakovich, 94. Frane Ikich, 97. Shahboz Jo'rabekov
Zaxira: 21. Otabek Boymurodov, 2. Izzatillo Po'latov, 8. Anvar Jo'raev, 33. Yosip Tomashovich
Ogohlantirish: Najmiddin Normurodov (40), Marko Bugarin (66)
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
O'yin yakunlandi.
90+4. GOL! Jarimadan uzatilgan to'pni Krivokapich sherigiga oshirdi, darvoza yonginasida turgan To'raqulov chap oyoqda qiyinchiliksiz darvozani ishg'ol qildi!
90+1. "Buxoro"da o'zgarish.
90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shildi.
84. Malining uzatmasidan so'ng Krivokapich bosh bilan noaniq zarba yo'lladi.
83. "Bunyodkor"da ikki o'zgarish.
80. To'pliev tepgan to'pni Abdujalilov egalladi.
76. "Bunyodkor"da o'zgarish.
74. "Buxoro"da o'zgarish.
71. "Bunyodkor"da ikki o'zgarish.
70. GOL! "Buxoro"ning o'ng qanotdan boshlagan hujumi avtogol bilan yakunlandi. Normurodov to'pni qaytarishda xatoga yo'l qo'yib, o'z darvozasiga kiritib yubordi.
67. Ro'zievning olisdan yo'llagan zarbasi noaniq.
66. Markazda qo'pollik sodir etgan Bugarin ogohlantirildi.
62. Zarba! Jo'rabekovning jarimadan yo'llagan zarbasini Abdujalilov qaytardi.
60. "Buxoro" tarkibida uch o'zgarish.
57. Zarba! Abdunabievning pasidan keyin raqib posboni bilan yolg'iz qolgan Krivokapich zarba yo'lladi, Abdullaev to'pni qaytardi.
49. GOL! Abdusalomovning ajoyib pasidan so'ng "Buxoro" darvozaboni bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqib borgan Matiya Krivokapich chap oyoqda aniq zarba yo'llab, hisobni ochdi!
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
Taym yakunlandi.
45+3. Ro'zievning zarbasi noaniq.
45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi.
44. Qayumov tepgan to'pni Abdujalilov egalladi.
43. Ashortianing zarbasini Abdullaev qaytardi.
43. Jo'rabekov raqib jarima maydonida yiqildi, hakam o'yinni davom ettirishga ko'rsatma berdi.
40. Tabatadzeni to'xtatib qolgan Normurodov ogohlantirildi.
38. Normurodovning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq.
36. Malining o'ng qanotdan uzatmasi noaniq.
33. Shrolerning jarimadan tepgan to'pini Abdullaev ushlab oldi.
29. Ikich jarima maydoniga kirib borayotgan Krivokapichni o'tkazmadi.
26. Rahimjonovning zarbasi noaniq.
23. Bugarin Begichning pasini yo'qqa chiqardi.
19. Zarba! Jo'rabekovning o'ng qanotdan bergan pasini Qayumov chiroyli uslubda darvozaga to'g'rilamoqchi edi, Abdujalilov o'z o'rnida.
17. Shroler tepgan to'pni Abdullaev egalladi.
16. Urata yiqitildi. Jarima zarbasi.
13. Ro'zievning olisdan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.
10. Malining ishonchli harakati sabab Tabatadze zararsizlantirildi.
9. Shrolerning o'ng qanotga kross uzatmasi noaniq, hujum besamar yakunlandi.
5. Ikki jamoa futbolchilari ishtirokida to'qnashuv sodir bo'ldi.
5. "Buxoro"ning burchak uzatmasi raqib tomonidan qaytarildi.
1. O'yinni mehmonlar boshladi.
Jamoalar maydonga chiqishdi. "Bunyodkor" to'q binafsharang, "Buxoro" oq liboslarda o'ynaydi.