Otabek Narzullaev: "Andijon"ga qarshi hujum taktikada o'ynamasak bo'lmasdi"

  • Mr.NoBoDy 17.08.2025 22:16
  • 60
  • 30

Muborakning "Mashal" jamoasi Superliganing 19-turida "Andijon"dan ustun keldi (1:0).

Uchrashuvdan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Otabek Narzullaev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


"Bugun muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Yigitlar iroda ko'rsatishdi. Qiyin o'yin bo'ldi. Birinchi bo'lim bizning nazoratimizda o'tdi. Vaziyatlardan foydalana olmadik, ikkinchi bo'limda 1:0 hisobini ushlashga harakat qilishdi. Bu kabi xatolar ustida ishlashimiz, yaxshilashimiz kerak. Barchani tabriklayman. Jamoa ruhan tushkunlikda edi, bu futbolchilarga o'ziga bo'lgan ishonchini qaytardi", - deydi Otabek Narzullaev. 




- Bu sizning ilk rasmiy g'alabangiz. Raqib kuchsiz emasdi. Shunga qaramay g'alaba uchun taktika ishlab chiqdingiz. Asosiy xatolar nimada bo'lyapti deb hisoblaysiz?

- Aytganimdek, goldan so'ng ruhan yutdik deb o'ylashmoqda. Futbol 90 daqiqa o'ynaladi. "Andijon" yaxshi jamoa, ularni o'rganib chiqqan edik. Bu jamoaga qarshi hujumkor o'ynamasak bo'lmasdi. Mavsum boshida "Paxtakor", "Dinamo"lar bilan qarshi hujumda o'ynagandik. Endi hujumkor taktikani qo'lladik. Xatolarimiz ustida ishlaymiz, keyingi o'yinlardan bundan ham yaxshiroq o'ynashga harakat qilamiz.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar